Dongfeng — Xitoy avtomobilsozligining yetakchisi
Avtoulovlar ishlab chiqaradigan Dongfeng Motor (Dunfen, qisqacha – DFM) – korporatsiyasi 50 yillik tarixga ega bo‘lib, 1969 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda Dongfeng Motor bosh idorasi Xitoyning Uxan shahrida joylashgan yirik tayanch davlat kompaniyasidir. Korporatsiyaning ishlab chiqarish bazalari Xitoyning bir necha shaharlarida joylashgan.
Hozirgi paytda DFM kompaniyasi Xitoy avtomobil sohasining yetakchisi hisoblanadi va u eng yangi ishlanmalar hamda global marketing borasidagi tadqiqotlar jarayonini faol rag‘batlantirib keladi. Dongfeng brendi XXRning o‘zidagi singari, butun jahonda ham juda katta obro‘ va e’tibor qozongan.
Dongfeng Motor faoliyatining asosiy yo‘nalishi tijorat uchun mo‘ljallangan avtomobillar ishlab chiqarishdir. Avtomobillarning assortiment va modellar qatori anchagina keng:
— Asosan krossoverlardan iborat bo‘lgan yengil avtoulovlar tizimi;
— Turli modifikatsiyadagi (1 tonnadan – 26 tonnagacha yuk ko‘taradigan) yuk avtomobillari; minivenlar, MPVlar, pikaplar, avtobuslar;
— Qurilish ishlari uchun avtomobillar: beton qoruvchi, samosval mashinalar;
— Maxsus ishlar uchun texnika (maxsus texnika): evakuatordan – bunkerovozlargacha;
— Dongfeng mashinalari uchun ehtiyot qismlar;
— Ustqurmalar, yo‘l va qurilish texnika vositalari;
Dongfeng o‘z avtomobillari va maxsus texnikasini mijozlar ehtiyojlari va biznes-vazifalari talablari bo‘yicha o‘zgartirish va moslash, ya’ni kastomizatsiya va adaptatsiya xizmatini taklif etadi. Bu maqsadda foydalanish uchun quyidagi mavjud texnikalar tavsiya qilinadi: sanoat mollari tashiladigan furgonlar, samosvallar, evakuatorlar, bortli platformalar, sendvich-paneli furgonlar, bortli avtoulovlar, bunkerovozlar.
2017 yilda kompaniya mamlakat avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, yalpi sotuv hajmini 4,12 mln. avtomobil ko‘rsatkichiga yetkazdi.
V 2018 yilda yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari jahon reytingida korporatsiyaga 10-o‘rin taqdim etildi, 2020 yildagi ”Fortune Global 500” (jahonning eng muvaffaqiyatli “TOP-500” kompaniyalari) reytingida esa kompaniya 100-o‘rinni egalladi.
Dongfeng Motor o‘zining global istiqbol rejalarini jadallik bilan amaliyotga joriy etmoqda: model qatorlari avtomobil muhandisligining eng so‘nggi yutuqlari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. Kompaniya ustuvorliklari orasida – tadqiqotlar faoliyatini investitsiyalash ham mavjud.
DFM avtomobillari Yevro 5 ekologik standartlarga javob beradi. Ishlab chiqarish ISO 9001, 3C va ISO 12000 xalqaro standartlari bo‘yicha sertifikatsiyalangan.
Bugungi kunga kelib Dongfeng Motor kompaniyasi bu – yiliga 1 milliondan ortiq yengil avtoulovlar va yuk mashinalari, avtobuslar hamda maxsus texnikani ishlab chiqarish va yetkazib berish yo‘lida 300 mingdan ortiq xodimlar mehnat qilayotgan 10 ta motor va 32 ta avtomobilsozlik zavodlari demakdir.
Korporatsiya o‘zining yirik sinov poligoni va avto texnikani konstruksiyalaydigan byurosiga ega. Kompaniya ish boshlaganidan keyingi o‘tgan davr mobaynida Nissan, Citroen, Renault, Peugeot, Mitsubishi, Honda, KIA singari yirik savdo markalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Dongfeng Motor brendi O‘zbekistonda o‘z faoliyatini, asosan K01S, K02S, C31 i C32 seriyalaridagi kichik yuk mashinalarini yetkazib berish va sotishdan boshladi.
Kompaniyaning avtomobilsozlik sohasidagi tadqiqotlari va innovatsiyalarini amalga oshirishga yirik ilmiy tadqiqot markazi tashkiloti hamda o‘zlarining avtomobilsozlik universiteti va dizayn instituti (Dongfeng Design Institute) yaqindan yordam bermoqda.
Ushbu maqola tayyorlanayotgan paytda Dongfeng Motor tijorat maqsadlari uchun avtoulovlar chiqarish borasida son bo‘yicha jahonda 4 o‘rindagi va Xitoy avtomobil sanoatida esa eng daromadli korxona hisoblanadi. Kompaniya istiqboli vodorod yoqilg‘isida ishlaydigan ekologiya uchun xavfsiz avtomobillar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan.