Sotib olish paytidagi opsional

TENTLANGAN KUZOV

Hozir tentlangan kuzovlari yuk tashish uchun juda katta talabga ega, chunki ular odatdagi kuzovlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega, hatto kichik hajmdagi yuklar ham har doim ob-havo sharoitidan (qor, yomg’ir, do’l va hk) yo’lda ishonchli himoyalangan bo’ladi.

IZOTERMIK KUZOV

Izotermik kuzov atrof-muhitdagi keskin iqlim o’zgarishi bilan ham barqaror haroratni ta’minlaydi.
Shuningdek, yomg’irli havoda kondensatsiya oldini oladi.

Ushbu ixtiro har qanday tez buziladigan yukni tashish uchun xizmat qiladi:

  • Sut, nordon-sut mahsulotlari
  • Baliq, go’sht, dengiz mahsulotlari
  • Sabzavotlar va mevalar
  • Qandolat mahsulotlari

REFRIJERATOR BILAN JIHOZLANGAN IZOTERMIK KUZOV

Refrijerator bilan jihozlangan Izotermik kuzov baliq, dengiz mahsulotlari va boshqa mahsulotlarni tashish uchun keng qo’llaniladi va tashish maxsus shart-sharoitlarni talab qiladi.

Go’sht bilan taqqoslaganda, baliq harorat va vaqtga nisbatan sezgir bo’lib, boshqa go’sht mahsulotlariga qaraganda tezroq yomonlashadi. Shuning uchun baliq mahsulotlarini tashish uchun sovutgich mutlaqo ishonchli bo’lishi kerak.

GAZ USKUNA

Xarid qilish orqali siz «Dongfeng» yuk mashinasini gaz uskuna bilan jihozlashingiz va xizmat ko’rsatish haqida xavotirlanmasligingiz mumkin.

Bizning 3-avlod gaz uskunamiz sizga xizmat ko’rsatish va yonilg’i bilan bog’liq xarajatlarni tejash imkonini beradi.

Gaz uskunani o’rnatkandan so’ng bizning mutaxassislarimiz yuk mashinangizning maxsus sinov o’tkazadilar va keyin kafolat xizmatini rasmiylashtiradilar.

MAXSUS BUYURTMA

Bundan tashqari, sizning yuk mashinangiz uchun maxsus buyurtma opsiyasi mavjud. Axir biz kuzovni nafaqat DongFeng yuk mashinalariga, balki Changan va Labo yuk mashinalariga ham o’rnatamiz.