DongFeng K01S - Shahar Ichida Yuk Tashish Uchun Ideal yechim
DongFeng K01S yuk mashinasi, kichik hajmi va yuqori samaradorligi bilan shahar ichidagi yuk tashish ehtiyojlarini a'lo darajada qondiradi. 1.2L hajmli dvigatelga ega bu model, 121 ot kuchi quvvat va 420N-m maksimal aylanma quvvat ishlab chiqaradi, bu esa unga turli xil yuklarni osonlik bilan tashish imkonini beradi.Tejamkor yuk mashinasining yoqilg`i iste'moli 6 L/100km. DongFeng K01S har qanday biznes uchun aqlli tanlovdir.
DongFeng C32 - Kengroq Ko'lam va Qulaylik
DongFeng C32 yuk mashinasi ham yuk, ham yo`lovchi tashish imkoniyatiga ega bo`lgan innovatsion yechimdir. Ushbu ikki kabinali model, 1.5L hajmli dvigatelga ega bo'lib, 100 ot kuchi quvvat va 147 Nm aylanma quvvat ishlab chiqaradi. 4940 mm uzunlik, 1655 mm en va 1910 mm balandlik o'lchamlari bilan, C32, katta hajmdagi yuklarni ham osonlik bilan tashiy oladi. Maksimal tezligi soatiga 125 km ga yetadi va 5 tezlikli manual uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
DFSK D31 - Ishonchli va Ko'p Qirrali
DFSK D31 yuk mashinasi - kichik va o'rta bizneslar uchun ideal yuk tashuvchi transportdir. Ushbu model, 1.5L hajmli dvigatelga ega bo'lib, 102 ot kuchi quvvat va 135 Nm aylanma quvvat ishlab chiqaradi. 5.3 m³ yuk olish hajmi bilan D31 turli xil katta gabaritli yuklarni samarali tashish imkonini beradi.
DongFeng D53 - Keng Imkoniyatlar va Zamonaviy Dizayn
DongFeng D53 yuk mashinasi kengaytirilgan kuzov. kuchaytirilgan rama va zamonaviy dizayn bilan ajralib turadi. Ushbu model kuchli va ishonchli dvigatelga hamda qo`sh balonli orqa mostga ega bo'lib, yuk ko'tarish va turli ob-havo sharoitida og`ir yuk bilan boshqarish qobiliyatini oshiradi. Uning raqobatbardosh narxi va past yoqilgi iste'moli, uni bozordagi eng talabgir modellardan biriga aylantiradi.
T-King T01 - Samardorlik va Qulaylik
T-King T01 yengil yuk mashinasi, kichik bizneslar va shahar ichida yuk tashish uchun ideal tanlovdir. Ushbu model dizelli 2.2 litrli turbina dvigatel bilan jihozlangan. T-King T01, 89 km/soat maksimal tezlikka erishishi mumkin. Uning kichik burilish radiusi, tor ko'chalarda ham oson manevr qilish imkonini beradi. Ushbu mashina orqani ko`rish kamerasi, aqlli multimedia va klimat nazorati kabi qulayliklarni taqdim etadi, bu esa haydovchiga uzoq vaqt davomida charchamasdan avtomobilni boshqarish imkoniyatini beradi