DFSK С31 yuk mashinasida 1,5 litr hajmli, 115 ot kuchiga ega 4 silindrli benzinli dvigatel o'rnatilgan, dvigatel yoqilg'i tanlamaydi, metan yoki propan o`rnatish mumkin. Avtomobil EVRO 5 ekologik standartlariga javob beradi va bu nafaqat ekologik tozalikni, balki tejamkorlikni ham anglatadi. Yuk mashinasi mexanik 5 pog'onali Vites uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
Kuzovning markazida oddiy, ammo ishonchli rama tuzilishi mavjud. Mustahkam resorlar va keng yuk bo'limi bu avtomobilni sizning biznesingizda haqiqatan ham ko'p qirrali yordamchiga aylantiradi. Model 2500 kilogrammgacha yukni qabul qilishi mumkin.
DFSK С31-dagi old podveskasi mustaqil Makferson amortizatsiya tizimi bilan, orqa podveska esa DongFeng resorlari bilan jihozlangan.
DFSK С31 shassisiga har xil turdagi kuzovlarni o'rnatish mumkin, bu ularni biznesning o'ziga xos ehtiyojlari va talablariga moslashtirishga imkon beradi. Avtomobil borti o`lchamlari - 2900x1540x370 mm.