DFSK D31 yuk mashinasida 1,5 litr hajmli, 115 ot kuchiga ega 4 silindrli benzinli dvigatel o'rnatilgan, dvigatel yoqilg'i tanlamaydi, metan yoki propan o`rnatish mumkin, kafolat saqlanadi. Avtomobil EVRO 5 ekologik standartlariga javob beradi va bu nafaqat ekologik tozalikni, balki yoqilg`i tejamkorligini ham bildiradi. Avtomobil mexanik 5 pog'onali Vites uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
Kuzovning markazida baquvvat, kuzovdan ajratilgan ishonchli rama tuzilishi mavjud. Kengaytrilgan yuk tashish borti bu avtomobilni sizning biznesingizda haqiqatan ham ko'p qirrali yordamchiga aylantiradi. Model 2500 kilogrammgacha yukni qabul qilishi mumkin.
DFSK D31 avtomobili 4 taraflama kuchaytirilgan resor podveskalar bilan jihozlangan, bu unga 2.5 tonnagacha yuk ko`tarish imkoniyatini beradi.
DFSK D31 shassisi asosida har xil turdagi qo'shimcha kuzovlarni o'rnatish mumkin, bu avtomobilni biznesingiz ehtiyojlari va talablariga moslashtirishga imkon beradi. Bortli versiyada avtomobil korpus o'lchamlari 2900*1680*370 mm.