DFSK С32 yuk mashinasida 1,5 litr hajmli, 115 ot kuchiga ega 4 silindrli benzinli dvigatel o'rnatilgan, dvigatel yoqilg'i tanlamaydi, metan yoki propan o`rnatish mumkin, kafolat saqlanadi. EVRO 5 ekologik standartlariga javob beradi va bu dvigatelni nafaqat ekologik toza, balki tejamkor ham qiladi. Avtomobil mexanik 5 pog'onali Vites uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
Kuzovning markazida oddiy, ammo ishonchli rama o`rnatilgan. Keng bort qismi bu avtomobilni sizning biznesingizda haqiqiy ko'p qirrali yordamchiga aylantiradi. Model 1500 kilogrammgacha yukni qabul qilishi mumkin.
DFSK С32-dagi old podveska mustaqil Makferson amortizatsiya tizimi bilan, orqa podveska mustahkamlangan resorlar bilan jihozlangan.
DFSK С32 shassisi asosida har xil turdagi qo'shimcha kuzovlarni o'rnatish mumkin, bu avtomobilni biznesingiz ehtiyojlari va talablariga moslashtirishga imkon beradi. Bortli versiyada avtomobil korpus o`lchamlari: 2070*1540*360 mm.