Fengon 500 Luxe, Dongfeng Motor Corporation tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy va yuqori sifatli avtomobildir. Ushbu model, o'zining chiroyli dizayni va modernizatsiyalangan texnik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Fengon 500 Luxe, 1.5 litr hajmli benzinli dvigatelga ega bo'lib, u 116 ot kuchigacha quvvat beradi. Avtomobilning saloni keng va qulay, zamonaviy multimedia tizimlari va yuqori sifatli materiallardan foydalanilgan.
Fengon 500 Luxe modeli, xavfsizlik va raqamli texnologiyalarga alohida e'tibor qaratilgan holda ishlab chiqarilgan. Avtomobil zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan. Shuningdek, avtomobilning raqamli uskunalar paneli va sensorli multimedia tizimi, haydovchiga qulay va zamonaviy haydash tajribasini taqdim etadi.
Avtomobil barcha eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan va haydovchi uchun maksimal darajada qulayliklar yaratilgan.
Elektron tizimlardan avtomobilda aqlli Start/Stop tizimi va kalitsiz qulflash tizimlari o`rnatilgan.
Bundan tashqari avtomobilda rul orqali boshqariluvchi kruiz kontrol tizimi mavjud bo`lib, bu avtomobilda uzoq masofani charchamasdan, ortiqcha qiyinchiliklarsiz bosib o`tish imkoniyatini beradi.
Avtomobil 116 ot kuchiga ega, o`ta tejamkor 1500 hajmdagi ishonchli dvigatel hamda CVT Variator uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
Zanjirli mehanizmli dvigatel avtomobil motori yoki generatoridagi remenlarni alishtirish ehtiyojini yo`q qiladi. Sokon zavodida ishlab chiqarilgan ushbu o`ta ishonchli dvigatel motorga texnik hizmat ko`rsatishni minimal darajada kamaytiradi va avtomobilni Sizga uzoq muddat hizmat qilishini ta'minlaydi.
CVT tizimidagi Variator uzatmalar qutisi Sizga avtomat yoki yarim avtomat tizimida harakatlanish imkoniyatini beradi. Bu esa sizga avtomobilni extremal yoki comfort rejimlarida boshqarishga yo`l beradi.